Vatanim

Jilg`adek tovlangan yaproqlaringga,
Alisherdek buyuk shoirlaringa.
Manzur tuting do`stlarim endi meni ,
Faqat sen uchundir eng ezgu tilak .
 
 
 
Onamdek mehribon bag`ringa bosgan ,
Sevinchga to`ldirib , shodlikka ko`mgan .
Vatan, seni asrasin qodir xudoyim ,
Faqat sen uchundir eng ezgu tilak.
 
             

               Ustoz
 
Suyansa arzirli suyanch tog`imiz ,
Doimo yam –yashil ko`rkam bog`imiz .
Siz siz muqaddas ulug` tog`imiz ,
Muqaddas insonlar , aziz ustozlar .
 
 
 
So`zingiz qalblarda yashaydi mudom ,
Ilmingiz yo`llarim yoritar mudom .
Sizga ta’zim ming bor ustozlar ,
Muqaddas insonlar , aziz ustozlar.
 
 
 
Muqaddas zotlarga ta’zim aylayman ,
Metindek mustaxkam sabr tilayman .
Men uchun mo`tabar buyuk insonlar ,
Muqaddas insonlar , aziz ustozlar .
 
                Onam
 
Go`zallik hamisha onalarga xos ,
Hayotim sevinchga to`ldirgan onam .
Yuragimga joylab buyuk mehrini ,
Yurtni e’zozlashga o`rgatgan onam.
 
 
 
Hayotni sevgin deb uqtirar mudom ,
Muzaffar bo`lgin der umr yo`lida .
Baxtingdan charog`on bo`lsin bu olam ,
Har sahar duolar o`qigan onam .
 
 
       Sog`lom avlodga
 
Munosib izdoshlar bo `ling bizlarga!!
Dunyoga keldim nelarni ko`rdim?
Nima ekan bo`lsam o`shani o`rdim,
Asragay sizlarni qadir Xudoyim.
 
 
 
Bolalar sizga buyuk yurt kelajaki.
Vatatani iqboli quvonchi siz,
Beg`ubor dilingiz shoshdinlikka to`lsin,
Shodiyona kuningiz muborak bo`lsin.
 
  
 
Naslimizning kelajak mevasidirsan,
Sizlardan umidvor otalar doim.
Topilmas bunchalik baxtli kelajak,
Shodiyona kuningiz bo`lsin muborak.
 
 
 
Mehringga zor bo`lib kunlar o`tmoqda,
Seni deb terlar to`kilmoqda voris.
Bo`lgin Vataningga sog`lom kelajak,
Shodiyona kuningiz bo`lsin muborak.
 
       

           Xorazm


Xorazm bu so`lim bir diyor,
Bog`larida bulbul sayraydi.
Dalalari qib-qizil lolalar,
Bu shundayin muqaddas diyor.
 
 
 
Qalbi qaynoq yuragi Muhammadek,
Mehmonning duosi bo`lar ijobat.
Axir yaxshilikng javobi bisyor,
Bu shundayin , muqaddas diyor.
 
 
 
Xorazm bu o`zi bir voha,
Toshlarga urular zilol suvlari.
Kaptarlar uchadi qanotlar qoqib,
Bu shundayin muqaddas diyor.


скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы