Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami


Affekt(latincha affectus ruhiy hayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan sodir boladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi tufayli roy beradigan kuchli his-tuyg`u (g`azablanish, qorqish, nafratlanish, shodlanish). Mutaxassislar normal va patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaksiyalarga ozroq yoki koproq moyil boladigan shaxslar ham bolishini takidlashadi. Ozida affektiv reaksiyaga nisbatan hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar tasiriga beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg`otishga moyil boladilar.

 

Anglash psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shaqliga kochirishdan iboart psixik jarayoni bolib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq oziga xabar bermoq, oz tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi va b. tog`risida oziga tushuntirish demakdir. Anglash demak nimadir tog`risida oz-oziga hisob berishdir. Subektiv holda u yoki bu vaziyat, kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan inikosidir.

 

Amaliy psixologiya ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan istemolchi yoki buyurtmachini hamisha korsatish mumkin.

 

Aql insonning manaviy va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni qanday bolsa, aynan shunday xolda bilish qobiliyati, mavxum fikrlash va tushunchalar yaratish xususiyati.

 

Ahloq- ijtimoiy ong shaqllaridan biridir. Kishilarning tarixan tarkib topgan hulq atvori, yurish turish, ijtimoiy va shaxsiy xayotga ozaro, shuningdek jamiyatga bolgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqarormuayyan norma va qoidalar yig`indisi.

 

Attraksiya (lotincha soz attrahere yoqtirish, oziga jalb etish) bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, ozaro mobillikni tushuntiruvchi emotsional hisdir.

 

Aloqa makon yo vaqtda bir biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yo obektning ozaro bog`lanish hodisasi.

 

Anglash- psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shaqliga kochirishdan iborat psixik jarayon bolib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq ozicha xabar bermoq, oz tajribasi xissiyoti, extiyoji, qiziqishi va boshqalar tog`risida tushuntirish demakdir. Anglash demoq nimalar tog`risida oz oziga xisob berishdir. Subektiv xolda u yoki bk vaziyat, kechikma va boshqalarni ochiq ravshan va nazorat qilinadigan inikosidir.

 

Agleratsiya olomon

 

Bilish olamning inson ongidagi inikos etish jarayoni . inson ozini qamrab olgan atrof muhit tog`risida bilish va tasavvurga ega bolmay turib, faoliyatning biron bir turi bilan shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli natijasi bilim bolib, har qanday kasbni egallash faqat bilim orqali roy beradi.

 

Vijdon ijtimoiy xodisa bolib, kishining xayotida sodir bolayotgan ijobiy va salbiy xodisalarga munosabatida ifodalanadi. Vijdon kishining manaviy yetukligiga bog`liq.

 

Guruhlarning tuzilishi guruh qismlarining kichik guruhlarga nisbatan barqaror bolinishi, guruhga kiruvchi kishilar ortasida guruh vazifalarining taqsim qilinishi.

 

Gallyutsinatsiyalar(lat. hallucinatio - alahsirash, kozga korinish) insonda kasal paytidagi psixikasiga tasir etishi natijasida hosil boladigan mavjud bolmagan, fantastik, xayoliy, uydirma obrazlar.

 

Guruh dinamikasi(grekcha dynamis kuch) bu guruhning oz holatini ozgartiradigan, rivojlantiradigan yoki buzadigan kuchlarning hamkorlikdagi jarayonidir. U asosan ikki xil yonalishdagi jarayonlarda kozga tashlanadi: guruh azolarining birlashuvi va aksincha, keskinlashuvi.

 

Guruh munosabatlari a) guruh faoliyatining harakter iva mazmuni; b) guruhning umuman strukturadagi orni, qadriyatli birligi va b. harakteristikasi; v) guruh azolarining sotsial individ sifatidagi ozaro shaxsiy munosabatlari; g) bu munosabatlarga jalb qilingan kishilarning individual pozitsiyalariga kora guruhda uning azolari ortasida qaror topadigan munosabatlardir.

 

Guruh roli(orni) guruh uchun bajaradigan vazifasiga kora insonning shu guruhdagi barqaror, mustahkam holati (orni, pozitsiyasi).

 

Guruh umumiy bolgan bir yoki bir necha belgilarga kora birlashgan kishilar yig`indisidir.

 

Guruhning birdamligi- fikrlar birligi, etiqodlar, anhanalar birligida, shaxslararo munosabatlar, kayfiyatlarning ijobiy harakterida va guruh psixikasining boshqa belgilarida, shuningdek, hamkorlikdagi amaliy faoliyatning birligida namoyon boladigan guruh azolari birligining psixologik harakteristikasidir.

 

Gipoteza organilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli tahmin tarzidagi bilim shakli.

 

Guruhda kuchlarning munosabati bu guruhiy jarayonlarni hamda guruh azolarining hulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatlarining guruh obektlari ortasida taqsimlanishidir. Liderlik tushunchasida, guruh dinamikasi va sh.k. larda namoyon boladi.

 

Geniy bu yangiliklarni yaratuvchi va kashf qiluvchi shaxs.

 

Dunyo obrazi- insonga dunyoda harakatlana olish uchun moljal bolib xizmat qiladigan olam tog`risidagi, boshqa kishilar, ozi va oz faoliyati tog`risidagi bir butun, yaxlit kop darajali tasavvurlari tizimidir. Bu subektiv kechinmalar tilida yaratilgan tashqi dunyoning ichki modelidir. Takidlash lozimki, bu olamni idrok qilish natijasida hosil bolgan, ichki rejaga noavtomatik tarzda kochirilgan obrazlar emas, balki hayotiy faollikning har biri keyingi momentidagi hodisalarni bashorat qila oladigan, chuqur anglanmagan taxminlar asosida aktiv qurilgan tizimdir. Ozini va tashqi olamni faol ozlashtirish davomidagi tekshirish usullari bilan (sinov va xatolar) yaratiladi.

 

Diqqat ongning muayyan obektlar toplami, jarayonlarga (tashqi yoki psixikaga bog`liq) tanlangan holda yonaltirilishidir. Bazan nazorat va oz-ozini nazoratni ham diqqatga kiritishadi.

 

Dunyoqarash tartibga solingan, aqliy ongli tizimga aylantirilgan bilim, taasvvurlar va g`oyalar majmui bolib, u shaxsni malum bir qolipda, oz shaxsiy qiyofasiga ega tarzda munosib orin egallashga chorlaydi.

 

Dil- jon, qalb, yurak, kongil markaziy osiyo falsafiy tafakkurida ushbu tushunchalar deyarli bir xil manoda ifodalanib borliqning nomoddiy asosida hamda insonning tub mohiyatini ifodalash uchun xizmat qilib kelgan.

 

Deviant xulq atvor ijtimoiy deviantlikni kiritib chiqaruvchi

 

Xulq atvor

 

Dadillik kishining xayot va omonligi uchun omon bolgan kishilarni yengishda korinadigan iroda kuchidir.

 

Dostlik ozaro bir- birini tushunuvchi 2 inson ortasida yuzaga keluvchi emotsional ijobiy xisdirodatda bir jins vakillari orasida yuzaga keladi.

 

Jamiyat tabiatning bir qismi, borliqning aloxida shaqlini ifodalaydigan falsafiy tushuncha odamlar uyushmasining maxsus shaqli kishilar ortasida amal qiladigan koplab munosabatlar majmuasidir.

 

Individ odamzodning vakili, oziga xos takrorlanmas xususiyatlar egasi hisoblanish odam.

 

Innovatsiya ijtimoiy amaliyotda sezilarli ozgarishlar tug`diradigan turli xil yangiliklar yaratish va tadbiq etish.

 

Idrok subekt tomonidan uning ongiga nisbatan tashqi dunyodan ajratib olinadigan bazi butunlik va yaxlitliklarning bilish jarayoni va harakatlari davomida ongda aks ettirilishidir (bunga boshqa kishilar va inson oz tanasini aks ettirish ham kiradi). Aytaylik, insonning oz tanasining sog`ligi yoki nosog`lomligi tog`risidagi ichki azolardan kelayotgan signal natijasida shaqllanadigan obrazni idrok etish ham, etmaslik ham mumkin. Kopincha esa idrok deganda tabiiy va sotsial dunyodagi predmetlarni inikos ettirish tushuniladi. Obekt bolsa tashqi muhitda tayyor holda boladi-yu, u insonga tasir qiladi va natijada u inson tomonidan avtomatik tarzda aks ettiriladi, anglanadi, desak, unchalik tog`ri emas. Aksincha, inson tartibsiz holdagi kechinma va tasavvurlar orasidan bazi obektlarni ajratib oladi va bu bilan goyoki ushbu tartibsizliklarni tartibga keltiradi. Inson sezgi azolariga tasir qilish uchun biron narsa idrok etildi, anglandi deyishga hali erta. Predmet yoki predmet emas deb hisoblash insonning oziga bog`liq: kim uchundir tashqi muhitda musiqaviy ovoz va shovqinlar, ularda uyg`unlashmaganlik (dissonans) va uyg`unlik (konsonaj); kimgadir esa mashinaning ishlashidan darak beruvchi shovqin yoki hayvonlar tomonidan chiqarilayotgan ovozlar, kim uchundir suhbatdoshning nutqidagi mantiqiy urg`u berishlar, kimgadir turar joylarni muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz rejalashtirish va boshqalar. Kimlar uchundir esa, agar u bunday narsalarni bilmasa, ular goyoki yoqdek zor berib eshitmaslik va kormaslik payida boladi.

 

Iroda insonning oz psixikasi va hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara olishida namoyon boladigan xususiyati (holati) dir. Iroda ongli tarzda oz oldiga qoygan maqsadiga erishishi yolida roy beradigan tosiqlarni yengib otish davomida namoyon boladi. Uni oz-ozini zorlab qiynash bilan tenglashtirmaslik kerak. Iroda hamma vaqt ham oz-ozini majburlash bilan bog`liq emas. Bu baribir oz maqsadiga erishishishi yolida ishonch, kelishish, ayyorlik, orgatish, oz xususiyatlaridan mohirona foydalanish (odatlar, standart reaksiyalar, zaifliklardan) bolishi mumkin.

 

Ijtimoiy norma shaxs xaytida shunday kategoriyaki, u jamiyatning oz azolarixulq atvoriga nasbatan ishlab chiqqan va kopchilik tomonidan etirof etilgan harakatlar talabi.

 

Ijtimoiy sanksiya normalarning shaxs xulqida nomoyon bolishni nazorat qiluvchi jazo va rag`batlantirish mexanizmi.

 

Istedod nishonalari qobiliyatni ostirishning tabiiy zaminlari (ularning biologik asosi). Ular tug`ma yoki egallangan bolishi mumkin. Ularni royobga chiqmagan qobiliyatlardan ham farqlash lozim. Farq shundaki, istedod nishonalari inson xususiyatlari va fazilatlaridagi shunday biologik jihatlarki, ular keyinchalik u yoki bu qobiliyatga uning komponenti bolib qoshiladi. Bir xil biologik jihat bir qancha qobiliyatlar tarkibiga kirishi mumkin va shunday tarkibda istedod nishonalari rolini bajara oladi.

 

Individuallik- insonning individ, faoliyat subekti va shaxs sifatidagi betakror xususiyatlari tizimidir. Individuallikning mavjud bolishi insonning talim, tarbiya, u bilan faol munosabatidagi individual yondashuvining asosi hisoblanadi. Har bir kishigacha yetib borish - bunday yondashuvning idealidir. Individuallikni inkor etish (nodonlik, ishonch yoki kam anglangan harakat tufayli, masalan, texnik yoki umumilmiy g`oyalarning oddiy formulalariga sig`inish oqbatida) zaruriy tarzda bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi (shaxslararo va shaxslar ichidagi keskinlik, ixtirolar, ruhiy jarohatlar, nizolar ishtirok etganlarning asabiy holatlari va talim, tarbiya, mehnatdagi past samaradorlik natijalari sifatida).

 

Intellekt, aql inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bolgan barqaror oziga xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning ichki va tashqi hayotiy holatlar, jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona moljal ola bilishdir. Odatda subektning faoliyat sohasiga bog`liq holda sotsial intellekt, texnik intellekt, gumanitar intellekt, verbal, yani og`zaki, noverbal intellektlarni farqlashadi.

 

Ilmiy psixologiya inson va hayvon psixikasi taraqqiyoti, paydo bolish va mavjud bolishi qonuniyatlarini aniqlashda foydalaniladigan texnologiya va murakkab tarmoqlangan belgilar tizimidir. Ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi yangilikni aniqlash emas, balki bir tomondan ishonarli bilimlari egallash, boshqa tomondan esa, qaysi orinda ular ishonarli, qay holda esa yolg`on va noaniq ekanligini ayniqlashdan iboratdir.

 

Ijtimoiy ustanovka- shaxsning atrof muhitida sodir bolayotgan ijtimoiy xodisalarni, obektlarni, idtimoiy guruxlarga malum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar ornatishga ruxiy ichki hozirlik sifatida odamlardagi dunyoqarashni ham ozgartirishga aloqador kategoriya.

 

Inson tushunchasiga aniq tarif berish uchun olamda mavjud bolgan boshqa biologik mavjudodlardag ajralib turuvchi eng muxim xususiyatlarni aniqlash zarur.

 

Insonporvarlik gumanizm odamlarga mehr muxabbat bilan qarash, ularni xurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilardayuksak manaviy fazilatlarni rivojlantirishga g`amxorlik qilish g`oyalari bilan sug`orilgan dunyoqarash.

 

Insof insonning muayyan jamiyatda amal qilayotgan axloq meyorini nazorat qilish va axloqiy baholash.

 

Ideal orzu intilishning oliy maqsadi. Tor manoda: shaxs qobiliyatlarini ifodalovchi namuna.

 

Illyuziya tana azolarimizga bevosita tasir etib turgan narsa va hodisalarni notog`ri (noadekvat) idrok qilishdan iborat bilish jarayonining hodisasi.

 

Insayt oydinlashuv. Muammoning yechimi, bazan birdan yorqin yo`lduzday yalt etib paydo boladi. Bunday psixologik xolat psixologiyada insay oydinlashuv deyiladi.

 

Ijtimoiylashuv inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot faoliyat jarayonida uni faol tarzdaozashtirish jarayoni.

 

Image obraz

 

Konformizm(lat. conformis ohshash, mos keladigan) inson tomonidan ozining haqligiga ichidan shubhalanmaydigan fikridan nosamimiy ravishda qaytish tufayli boshqalarning fikrlarini (ehtimol, notog`ri bolsa ham) tanqidsiz qabul qilish.

 

Kundalik ong- kishilarning bevosita kundalik tajribasiga asoslanadigan va ular mansub bolgan sotsial jamoalarda hukmronlik qiluvchi tasavvurlar, bilimlar, tushunchalar va harakatlarning yig`indisidir.

 

Kayfiyat insonning psixik hayotida namoyon boladigan, ortamiyona yoki zaif samaradorlikning nisbatan davomiy, barqaror, emotsional holati bolib, u yoki bu hissiyotning ustunligi bilan harakterlanadi.

 

Kichik guruh umumiy ishni bajaradigan va bir-birlari bilan bevosita shaxsiy aloqada bolgan, 3 tadan 20-30 tagacha kishidan tarkib topgan, unchalik katta bolmagan kishilar toplamidir. U guruh azolarining hamdard bolishi, biz ekanligini his etishi bilan bog`liq xususiyatlarga ega.

 

Liderlik guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va boysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.


Malakafaoliyatning avtomatlashtirilgan konikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir meyordagi harakat bolgan narsa har bir kishiga turmush tajribasiga kora avtomatlashtirishi mumkin. Konikmalar faqat oson payqash mumkin bolgan harakatchan bolmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham boladi. Avtomatizmdan iborat bolgani holda konikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda oz asbobida musiqa chalishning zarur texnikasi, konikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bola olmaydi, chunki u hali musiqiy asboblar klavishalarini, pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib qoyishdan qorqadi).


Muloqotdagi konstruktivlik hamkorlarning aloqasi davomida ularning ehtiyojlarini qondirishni taminlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan masalalarning ijobiy yechim topishiga yordam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida oz salohiyatini ostirish, shaxsiy osishi, sotsial yetuklikning shaqllanishi tomon harakatlanishi yonalishini korsatadi.


Munosabatning ozgarishi(deformatsiya) bu munosabatlardagi shunday ozgarishlarki (buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi samaradorlikning pasayishi yoki buzilishiga, hamkorliklarning sog`lig`iga, ularning obrosiga yoki ruhiy osoyishtaligiga, moddiy qadriyatlariga va boshqalarga putur yetkazadi. Ozgarishlarni ularning turiga qarab turlicha tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani uchun bizning begona ekanligimizni, bizning dost emasligimiz, bir-birimizni tushuna olmasligimizni, meni mashara qilishayotganligi va koplab boshqa narsalarni anglay boshladim.


Mazmun bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi qandaydir obekt ortasidagi munosabatni xira bolsada anglash va subekt hohishlariga kora paydo boladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa yuq, kerakmasligini etiborga olib, aytishadiki, bu men uchun mazmunga ega yoki buning men uchun mazmuni yoq tashqaridan qaraganda bir narsa bolib tuyo`lgan yumush (ora qazish) yollangan yer qazuvchi uchun daromad qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk tarixiy muammoni yechish, tasodifiy yolovchi uchun esa piyodalar yolining buzilayotganligi unga qandaydir buzg`unchilik mazmuniga ega bolib tuyo`ladi.


Meyor obektning sifat va miqdoriy jixatlari ozaro bog`liqligini anglatadigan, mazmukn va shaql imkoniyat va voqeilik ortasidagi zaruriy uyg`unlik taminlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha.


Moslik kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi ozaro bir-birini tushunishini talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish qobiliyati.


Motivatsiya inson hulq atvori, uning bog`lanishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.


Mentalitet individ yoki ijtimoiy guruxning millatning oziga xos tafakkur tarzi, voqelikni malum bir tarzda tushunishi va va birlikda harakat qilishga tayyorligi va moyilligi.


Motiv shaxsdagi u yoki bu xulq atvorga nisbatan turgan moyillik.


Mardlik ozini puxta bilish dadillik, qatiatlik, chidam va toqat paytlarida namoyon boladigan kuchli iroda.


Nutq ovoz berilgan til, u yoki bu til belgilarini anglatuvchi ovoz signallarining inson tomonidan qollaniladigan tizimidir.


Ong hayvonlar psixikasidan farqli ravishda butun inson psixikasini ifodalashda foydalaniladigan termin. Inson psixikasi (ong) belgililik (ong hujayrasi belgilarning murakkab tizimini hosil qiladi), qurollilik (istagan ong birligi predmetlar dunyosini aks ettirish vositasi sifatida foydalaniladi), predmetlilik (tashqi dunyo elementlari bilan mutanosibligi va qatiy uyushganlik (belgilar va qurollar tizimi koplab ozaro mutanosib kategoriyalarni vujudga keltiradi) xususiyatlari bilan harakterlanadi.

Ongsizlik anglab bolmaydigan aniq, ravshan anglash nazorati uchun predmet bola olmaydigan koplab psixik hodisalar toplami. Ongda har bir daqiqada bir vaqtning ozida cheklangan miqdordagi tasavvurlar bolishi mumkin (ortacha taxmin qilishlaricha 7+2). Bunda ushbu damdagi anglanmagan tasavvurlarni biz aniq ong zonasiga oson chaqirishimiz mumkin (hohlaganing uchun eslading), lekin juda koplab psixik boshqarib turuvchilar (regulyatorlar) shunday ishlaydiki, bunda inson na faqat oz-oziga hisob bermasligi mumkin, balki buni u hattoki hohlagan taqdirda ham uni qila olmaydi. Masalan, soatning aylana shaqldagi siferblatini idrok qilayotganda bizning koz qobig`imizda aylana emas, balki ellips (agar soatga yondan qarasak) hosil bolishi mumkin, biroq soat qanday holda tursa ham biz siferblatni aylana sifatida idrok qilamiz. Na faqat subekt idroki tomonidan anglana olmaydigan, balki psixologiyada yangi shug`ullanayotgan kishi uchun ham tushunarsiz bolgan bu geometrik manodagi hol psixika mexanizmlari tufayli roy beradi (qarang: doimiylik idrok xossasi sifatida) hissiyotlarning bazi qismlari (yaxshi, madaniyatlilik bilan sig`isha olmaydiganlarini) ongdan siqib chiqariladi, lekin Z.Freyd talimotiga kora, ular hatti-harakatni sezilarli holda boshqarishda davom etaveradi va hattoki ichki ziddiyatlarga va asab kasallariklarini ham keltirib chiqaradi. Psixoanalizning (bu termin freydizm tomonidan mustahkam ornashib qolgan, shuning uchun har qanday psixika tahlilini (analizini) psixoanaliz deb atamaslik kerak) psixoterapevtik amaliyoti shunga asoslanganki, siqib chiqarilgan hissiyotlarni topib anglash predmetiga aylantirish lozim. Bu psixoanalitikdan juda katta va otkir mahoratni talab qiladi (ozini shunday deb hisolaydiganning kopchiligi, afsuski, nafaqa bu borada malakasiz, balki manfaatparast hamdir).


Orzular insonning kelajak tog`risidagi, xayoliga kelgan va u uchun muhimroq ehtiyojlar va qiziqishlarni royobga chiqarish borasidagi rejalaridir.


Optatsiya(lotincha soz ortatio xoxish, tanlov) tanlov bosqichi. Odam tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir deb etirof etiladi. 11-12 yoshlar, 14-18 yosh davrlarni oz ichiga oladi.


Optimizm kechayotgan voqea va xodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan ikki xil qarama qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka yoyish.


Panelog gurux ichidagi munozaradir.


Psixodiagnostika(grekcha psyche ruh va diagnostikos bilishga qodir) psixologik fan sohasi bolib, shaxsning individual psixik xususiyatlarini olchash va aniqlash usullarini ishlab chiqadi.


Psixoterapiya(grekcha therapeia parvarish qilish, davolash) koplab psixik, asabiy va psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti, fikrlari, oz-ozini anglashiga kompleks davolovchi tasirdir (asosan nutq yordamida, biroq faqat uning yordamida emas). Shartli ravishda asosan mavjud alomatlarni yoqotish yoki yumshatishga qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya va insonga uning sotsial muhiti va oz shaxsiga nisbatan munosabatini ozgartirishga yordam berishni vazifa qilib olgan shaxsiy maqsadli psixoterapiya mavjudligi etirof qilinadi.


Psixo analiz ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik talimot.


Psixotexnika(grekcha techne sanat, mahorat) psixik jarayonlarni sodir bolish harakteristikasini yaxshilash, mavjud psixik qobiliyatlarni ostirish va yangilarini shaqllantirishda qollaniladigan konkret metodik usullar yoki usullar tizimidir.


Predikatlar mantig`i muhokama yuritish jarayonlarining muloxazalarning ichki strukturasidan kelib chiqib tahlil qiladigan mantiqiy sistema. U muloxg`azalar mantig`ini oz ichiga oladi. Predikatlar mantig`i tili muloxazalar mantig`i tiliga qoshimcha simvollar kiritish yordamida hosil qilinadi.


Reproduktiv fikrlashni bir turi.


Referent guruh(lot. referens xabar beruvchi) kishi uchun etiborli bolgan, qadriyatlari, fikrlash hulq-atvor, normalari va qoidalarini sozsiz tan

oluvchi va ularni ozi uchun qabul qiluvchi kishilar guruhidir.


Refleksiya aynan oziga oxshash odamlar obrazi orqali ozi tog`risidagi obrazni shaqllantirish, jonlantirish.


Rol shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan iborat.


Sezgi qozg`atuvchilarning idrok azolari retseptorlaritga tasiri tufayli vujudga keladigan, obektiv dunyo xossalarining subektiv inikosidir.


Sotsial individ barcha kishilar uchun umumiy bolgan, belgilar, qurollar bilan ishlashda bog`liq bolgan maxsus insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalarni hisobga olish, sotsial vazifalarni bajarishdir. Gap shaxsiy yoki individual jihatlar tog`risida ketayotgani yoq.


Sotsial muhit insonning aniq maqsadlar rejalar asosida faoliyat korsatadigan dunyosi.


Sevgi bu nafaqat hissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevilish uning asosiy mezoni "insoniy fazilatlar hisoblanadi.


Simpatiya ozaro yoqtirib qolish, bu sevgining ilk bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan sevgi obektning tashqi jozibasi rol oynaydi.


Talant(grekcha talanron dastlab olchov, mezon, keyin esa kochma manoda qobiliyatlar darajasi) inson qobiliyatlarining, eng avvalo u yoki bu turdagi faoliyatda ulkan yutuqlarga erishishini taminlovchi maxsus yuksak rivojlanish darajasi.


Tashabbuskorlik harakterning qimmatli xislati bolib, bu xislat kopchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.


Temperament (lot. temreramentum qismlarning tegishli muvofiqligi, mutanosibligi) inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik harakteristikasi bolib, ularning tezligi, ozgaruvchanligi, samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda namoyon boladi.


Tafakkur turli masalalarni (nazariy va amaliy) yechishga qaratilgan va bu yumushni ado etishni (javob topishni) taminlaydigan koplab psixik jarayonlar, harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, oz-ozini shaqllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi.


Til inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga yetkazib berish vositasi bolib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.


Unutish eslash va yod bolib qolgan yoki ozlashtirilgan materialni qayta xotirlash imkoniyatining asta-sekin sonib borishini aks ettiruvchi jarayondir.


Fantaziya- hayolning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir.


Fizionomika odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning xususiyatlarini organish.


Faoliyat insonning voqeilikni, ozini ozi ijodiy ozgartirish, takomillashtirish, mukammallashtirishga yonaltirilgan faolligi. Psixologik jihatdan ichki ehtiyojni qondirish deya talqin etiladi.


Xarakter(grekcha charakter bosish, zarb qilish) insonning faoliyati va munosabati tufayli shaqllanadigan va namoyon boladigan barqaror individual xususiyatlari yig`indisi bolib, unga xos bolgan hulq-atvor va hayotiy holatlarga javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda inson uchun xos bolgan, standart vaziyatlarda qollaniladigan, hayotiy vazifalarni qoyish va yechish usullari oz ifodasini topadi.


His-tuyg`u insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs sifatidagi taraqqiyoti davomida shaqllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga mosligi bilan farq qiladigan yuksak ozaro madaniy bog`langan hissiyotlaridir.


Hayajonlanish (lot. emoveo hayratga solmoq,hayajonga solamoq) psixik hodisalarning alohida toifasi bolib, subekt tomonidan bu hodisalar, predmetlar va vaziyatlar insonning oz ehtiyojlarini qondirish uchun bevosita qiziqqon kechinmalari korinishida namoyon boladi.


Xayol insonning subekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan yoki sezgi azolari yordamida idrok etila olmaydigan obektlarning inikosining (tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarning) yoki jorttaga paydo bolishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir. (mas., kelajakni moljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan yoki umuman mavjud bolmagan dunyoning voqealari miflar va ertaqlardagi hayri-tabiiy personajlar va b.)


Hayotiy manolar bu inson uchun uning borliq bilan befarq bolmagan shunday aloqalari majmuasiki, ularda insonning uni orab olgan voqeilikdan obektiv bog`liqligi sifatida ham, uning ehtiyojlari va intilishlari korinishida ham oz aksini topadi. Biz kundalik hayotimiz davomida hattoki, kop hollarda ozimizning turmush psixologi ekanligimizni ham unutgan holda ulardan juda kop foydalanamiz. Bu orinda turmush sozidan tashqari kundalik psixologiya yoki odatiy psixologiya deyish ham mumkin. Turmush (odatiy) psixologiyasi kundalik ong tarkibiga kiradi.


Xotira insonning otmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish, saqlash va qayta eslashga yonaltirilgan koplab psixik jarayonlari, hatti-harakatlari, holatlaridir.


Hatti-harakat insonning axloqiy oz-ozini korsatish momenti bolib, bunda u boshqa kishiga nisbatan munosabati, oz-oziga, guruh yoki jamiyatga, umuman tabiatga nisbatan shaxs sifatida ozini namoyon qiladi. Hatti-harakat faoliyat yoki faoliyatsizlik; sozlarda bildirilgan pozitsiya; imo-ishora korinishida, qarash, nutq ohangi, matnning manosi shaqlidagi biron narsaga nisbatan munosabatda jismoniy tosiqlarni yengib otish va haqiqatni izlash tomon yonaltirilgan harakatda kabilarda ifodalanadi. Hatti-harakat sotsial hulq-atvorning asosiy birligidir, uning hamisha guvohlari boladi: ozining sotsial ifodasini topmagan ichki yechimi hali hatti-harakat bola olmaydi. Shuning uchun hatti-harakat orqaga qaytmas harakterga ega, uni qayta oynab bolmaydi aynan shu yerdan sodir etilgan hatti-harakat uchun shaxsiy javobgarlik vujudga keladi. Hatti-harakatda inson shaxs sifatidagina namoyon bolib qolmasdan, balki ushbu sifatda shaqllanadi ham.


Qayta hosil qilish kuzatish mumkin bolgan u yoki bu belgilar shaqlidagi faollashgan mazmunning qayta tiklanishi va qayta qurilishidan iborat bolgan aqliy hodisadir.


Oylar insonning hayotidagi kelajak hayot manzaralarini aks ettiradigan shirin tasavvurlari, fantaziya va orzu-niyatlaridir.


Shaxsiy kontakt ozaro hamkorlarni yagona sotsial butunlikka (ikki, uch yoki koproq kishilardan iborat) birlashuv darajasini anglatuvchi shaxsiy munosabat tavsifidir.


Shaxs erkinligi insonlarning oz xayoti va faoliyatini amalga oshirish, ozod shaxs sifatida mehnat qilish, bilim olish, ozi istagan kasb, hunarli, diniy etiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash.


Shaxs inson aktivligiga xos psixik boshqaruvchilarning maxsus insoniy tizimi, psixikadagi shunday barqaror funksional tizimki, uning yordamida inson ozi istiqomat qiladigan muhitda tashabbuskor, maqsad sari intiluvchan bolibgina qolmasdan, balki yaxshilashga ham qodir boladi. Inson shaxs sifatidagi fazilatlarni egallaganligining asosiy belgisi uning turli hatti-harakatlarni sodir qila olish qobiliyati, yani bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlarni tanlash, oz hayoti hamda ozgalar hayoti bilan ham bog`liq bolgan koplab muhim momentlarni sarhisob qila olishi, oz hatti-harakatlari uchun masuliyatni oz zimmasiga ola bilishi kabilardir.


Shaxsiy aloqadorlik bu bog`liqlikning dinamik jihati bolib, hamkorlar ortasidagi maqsadga erishishda qollaniladigan vositalarni kelishi, ulardan har birining qollaydigan strategiyasini koordinatsiya qilishni taminlaydi. Aloqadorlik bog`liqlikni ishtirokchilar manfaatiga moslashtirishning tez moslashuvchan mexanizmidan iborat. U kelishuv ozaro hamkorlik yoki kurashga, har bir tomonning oz maqsadiga erishishi uchun undashi, muammo va vazifalarni ozicha tasavvur qilishi, ularni hal qilishning oz usul va vositalaridan iborat bolishi mumkin.


Shaxsiy munosabat bu hamkorlikdagi faoliyatning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladigan va ozaro aloqadorlikdagi strategiyalar kelishuvini kontaktlar ornatilishi va rivojlantirilishining murakkab va serqirra jarayoni, ular ortasidagi munosabatlarning ornatilishi va saqlab turilishidir. Kontakt, ozaro aloqadorlik, munosabatlar, kommunikatsiya va idrok shaxsiy munosabatning komponentlari hisoblanadi.


Shaxsiy aloqalar bu muayyan vaqt ichida ikki yoki undan ortiq kishilar ortasida qaror topadigan barqaror munosabatlardir. Dastlab ozaro aloqadorlik korinishida paydo bolib, keyin tez takrorlanishi tufayli u barqaror munosabatlarga aylanadi. Munosabatlarga misol: dushmanlik, musobaqa, muhabbat, dostlik, ishbilarmonlik munosabatlari. Jabrdiyda-agressor, xotinboz farqiga yetadigan xonim, injiq boshliq sustkash ijrochi va boshqa shunga ohshash qaror topgan munosabatlar ishtirokchilar ularni ozgartirgunga qadar noaniq muddat davomida mavjud bolib turadi.


Ehtiyojlar inson yoki hayvonning normal yashashi uchun zarur bolgan yetishmovchilikni aks ettiruvchi psixik yoki fiziologik keskinlik holatidir. Ehtiyojlar holat sifatida subektning hayotiy faolligining shu manoda manbai hisoblanadiki, yuz bergan keskinlikni yoqotishga qaartilgan sezilarli tasir kuchiga ega.


Qobiliyatlar u yoki bu sermahsul faoliyatni egallash mahorati bilan bog`liq boladigan insonning individual psixologik xususiyatlari bolib, uning yordamida inson teng bolgan boshqa sharoitlarda ushbu faoliyatni tez va puxta, oson va mustahkam ravishda tashkil qilish va amalga oshirish yollarini ozlashtirib oladi.


Etiqod shaxning shunday ongli yonalishki, unga oy-qarashlari, prinslari va dunyoqarashga mos tarzda yashashga imkon beradi, etiqodning predmeti tarlicha boladi. Vatanga, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, gozallika va shunga oxshash.


Extiros uzoq vaqt davom etadigan va barqaror bolgan ematsional holat.


Qattiyat- bazi hollarda kishi qabul qiladigan qarshiliklar amalga oshirishda imkoniyatlarga ishongan xolda juda tez malum bir qarorga kelish.

 

dle