Ushbu kun olimpiya oyinlarini tiklash goyasi qollab-quvvatlangan edi. Har yili 23 iyun dunyo boyicha xalqaro Olimpiya kuni nishonlanadi (International Olympic Day), olimpiya harakatlari uning zamonaviy korinishda tiklanishini xotirada saqlash uchun. Butun dunyo buyicha olimpiya harakatiga bagishlangan maxsus bayram  kuni ornatish haqidagi goya birinchi marta 1947 yilda ( MOK ) Stokgolmdagi 41-sessiyasida elon qilindi, va bir yil o'tgach xalqaro olimpiya qomitasining Sankt-Moritsdagi 42- sessiyada rasman qabul qilindi. Aynan 23 iyun tanlanish tarixi quyidagicha. 1894 yil Parijda jismoniy tarbiya masalalari boyicha Xalqaro Kongress bolib otgan. Unda 12 davlat vakillari qatnashgan. 23 iyun kuni olimpiya oyinlarini tiklash tashabbuskori baron Pyer de Kuberten ozining maruzasini taqdim etdi. Maruzada u ozi ishlab chiqqan olimpiya oyinlari tashkiliy asoslari bilan yigilganlarni tanishtirdi. Kongress baron Pyer de Kubertenning   qadimgi grek olimpiadalari an'ananisini tiklash va har tort yilda "hamma xalqlarni qatnashishga taklif qilib musobaqa oyinlarini otkazish taklifini ma'qulladi. Xuddi ushbu tarixiy sana xalqaro olimpiya kunini  bayram qilish  uchun tanlangan, bundan maqsad: dunyoda sportni targib qilish va sport harakatiga hamma xohlaydiganlarni yoshidan, jinsidan, sport malakalari va qobiliyatlaridan qat'iy nazar, jalb qilish. Pyer de Kuberten hozrgi zamon olimpiya o'yinlarining asoschisi. Zamonaviy Birinchi Olimpiya oyinlari 1896 yilda Gretsiyada bolib otdi. Unda 14 mamlakatdan 241 sportchi qatnashdi va sportning 9 turida medallar uchun musobaqalashishdi. 2004 yilda Gretsiyada  otkazilgan oyinlarda 202 mamlakatdan 15 mingdan ortiq sportchi va rasmiy vakillar qatnashdi. Medallar uchun sportning 28 turida musobaqa otkazildi. Olimpiada xaritasida shunday yozilgan: Olimpiya harakti  yoshlarni sport yordamida eng yaxshi hamfikrlik va dostlik ruhida tarbiyalab, yanada tinchroq va yaxshiroq dunyoni  yaratishga xizmat qiladi. Eng mashxur sportchilar ozining sportda erishgan mavqeni, u qanchalik muvaffaqiyatli bolmasin, Olimpiyada  medallarisiz barkamol deb hisoblashmaydi. Va shubxasiz Olimpiya chempionlari har bir mamlakatning gururi. Olimpiya kunida bolsa milliy olimpiya qomitalari kuchlari bilan turli yurtlarda sportni ommalashtirishga moljallangan chora-tadbirlar otkazilmoqda, ulardan eng mashhuri - ommaviy yugurish (qatnashchilarning yoshi va tayyorgarligiga qarab turli masofalarga), hamda - har xil madaniy va manaviy  chora-tadbirlar - sport seminarlari, bolalar uchun Olimpiya darslari, professional sportchilar va olimpiyada  chempionlari bilan uchrashuvlar,  korgazmalar, konsertlar, sport shou-dasturlari. Ushbu tadbirlar asosiy moljali olimpiya   qadriyatlarini va ideallarini olga siljish, olimpiya harakatlari va umuman sportni ommalashtirish, odamlarni doimiy jismoniy mashgulotlarga jalb qilish, sport  va soglom turmush tarziga  chaqirish. Manba
dle