"Xorazm haqiqati" - ijtimoiy-siyosiy gazeta. Urganch shahrida haftada ikki marta chop etiladi. Muassisi: Xorazm viloyat hokimligi. Dastlab, 1920 yil 8 martdan «Inqilob quyoshi»nomi bilan nashr qilingan. 1939 yil 1 yanvardan hozirgi nomda. 1921 yilda Xorazmga kelgan H.H. Niyoziy gazeta faoliyatini mustahkamlashga yordam bergan. Davlat va jamoat arboblari Karim Boltaev, Qurbon Beregin, Xudoybergan Devonov; yozuvchi va shoirlar Faqiriy, Mutrib, Partav, Chokar, Mug'anniy, Said Nazariy, Umar Qurboniy, Mahmud Ismoilov, Eshmurod Devonov, Hayit Eshmurodov va boshqalar gazetaning ilk muxbirlari bo'lgan. Sahifalarida viloyat hayotiga doir iqtisodiy-ijtimoiy, ma'naviy masalalar yoritib boriladi. 1996 yil 3 apreldan "Xorazm haqiqati" va "Xorezmskaya pravda" gazetalari birlashgan tahririyati tashkil etildi. Manba
скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы