Dekabrning boshlarida axborot sohasi fanini sevadiganlar maxsus bayramlarni nishonlaydilar. Axborotni olish usullari, ularni saqlash, to’plash, uzatish va himoya qilish hozirgi kunda juda muhim ahamiyatga ega. Bu kunga 1948 yilda asos solingan bo’lib dasturchilar bayram qiladilar. Fanlar Akademiyasing muxbir a'zosi I.S.Bruk 40 yillarda hisoblash texnikasini avtomatlashtirish muhokama qilingan ilmiy seminarda qatnashadi. Bu seminarda B.I.Rameyev ham qatnashgan edi. U keyinchalik «Ural» seriyasidagi hisoblash texnikasi konstruksiyasi ustida ishlagan. 1948 yil avgustida Bruk dunyoga o’zining birinchi hisoblash mashinasi loyihasini e'lon qilgan. Akademiya qoshida hisoblash texnika mashinasi ko’rishni yo’lga qo’yuvchi lobaratoriya tashkil etish taklifi bilan chiqqan.  1948 yil 4 dekabrda Bruk va Rameyevlarning raqamli elektron hisoblash mashinalari 10475 raqami bilan ro’yxatga olinib  patent berilgan. Shu kuni informatika termini 1957 yilda nemis olimi Karl Shteynbux tomonidan fanga olib kirilgan.1985 yildan shu nomli fan maktablar dasturga kiritilgan. A.P. Yershovning «Hisoblash texnikasi va informatika asoslari» darsligi 1985 yilda nashr etilgan. скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы