Zahiriddin MuxammadBoburning hayoti va ijodi.

Bobur(taxallusi;toliq ismi Zahiriddin Muhammadibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12,Agra) ozbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir: tarixchi, geograf; davlat arbobi, istedodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.

Uning otasi - Umarshayx Mirzo Fargona viloyatining hokimi bolgan. Boburning onasi Qutlug Nigor xonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bolgan.

Boburning bolaligi asosan Andijon va uning atroflarida otdi. Bobur saroy muhitida oqidi va tarbiya topdi. Yoshligidan ilm-fanga, she'riyatga qiziqa boshladi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan "Bobur(Sher) laqabini olgan. Otasi vafotidan keyin 1494 yil iyun oyida, on ikki yoshda taxtga otirdi. Boburning siyosiy faoliyatidagi dastlabki maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti strategik va geografik jihatidan muhim bolgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Temur imperiyasini qayta tiklash edi. 1495-1496 yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qildi. 1497-1498 yillarda u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va Samarqandni egallaydi. Samarqand hokimi Boysungur Mirzo esa Qunduzga qochadi.

Bobur Samarqandni yuz kun idora qiladi. Andijonda unga qarshi isyon kotargani uchun Samarqandni tashlab Andijonga qaytadi, lekin uni egallay olmagach, Xojandga, song Toshkent hokimi Sulton Mahmud oldiga borib, ular yordami bilan Andijonni oladi. 1500 yilda Samarqandni ikkinchi marta egallaydi. Shu yiliAlisher Navoiy bilan xat yozisha boshlaydi. Lekin ikkinchi xatiga javob kelguncha Samarqand shayboniylar qoliga otib ketadi. Bu davrdamamlakat siyosiy hayotida beboshlik, ozaro urushlar kuchayib bormoqda edi. Bir tomondan, shimoldan, Dashti qipchoqdan kelayotgan shayboniyxon qoshinlarining tazyiqi ostida, ikkinchi tomondan, temuriylar orasidagiixtilof, ozaro kelishmovchilik natijasidaBobur Fargonani ham tashlab chiqishga va janubga qarab yol olishga majbur boladi.

Hisordagi parchalanib borayotgan beklar, alohida-alohida yashayotgan afgon qabilalari birin-ketin Bobur tomoniga otdilar.1504 yilda esa Qobul viloyatining hokimi shaharni Boburga topshirib taslim boldi. Lekin Bobur ozvatanidan tamom umidini uzmadi. 1506 yilda Xuroson podshosi Husayin Bayqaro temuriylarga mansub bolgan kuchlarni birlashtirib, bosib kelayotgan Shayboniyxonga qaqshatqich zarba berishda tashabbus korsatgan bolsada, lekin Husayin Bayqaroning vafoti (1506) va shahzodalar ortasida avj olgan ixtilof bu harakatni natijasiz qoldirdi.Bu katta tadbirga umid boglagan Bobur muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin vaqtincha chekinishga va Qobulga qaytishga majbur boldi.

Oz hujumlarini davom ettirgan Shayboniyxon Orta Osiyoni bosib olish uchun janubdan harbiy yurish boshlagan Eronlik shoh Ismoil qoshinlariga qarshi kurashda Marv shahrida halok boldi. Qulay siyosiy va harbiy vaziyatdan foydalanib Bobur 1512 yilda Samarqandni uchinchi marta ishgol qildi. Oradan olti oylar chamasi vaqt otgandansong, Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon katta kuch toplab, Samarqandga, Bobur ustiga yurish boshladi.Ubaydullaxonqoshinlari bilan Bobur askarlari ortasida Samarqand uchun bolgan jangda Bobur maglubiyatga uchrab, shaharni boshatishga majbur boladi.

1525 yilda Bobur Shimoliy Hindiston hukmronligini oz qoliga kiritishga muvaffaq boladi va shu paytdan boshlab Hindiston uning ikkinchi vatani bolib qoladi. U yerda Bobur oz atrofiga osha davrning eng yaxshi shoir va olimlarini yigib, qurilish ishlarini olib boradi, ozining sevimli ishi bolgan adabiyot bilan shugullanadi.

Boburning ma'rifatparvarligi ham diqqatga sazovor. U doim olim va fozillar, san'atkor kishilar bilan birga bolishga, ular bilan maslahat qilishga, oz bilimini tinmay oshirishga intildi. Uning tort ogli (Humoyun, Kamron, Askariy, Hindol) va uch qizi (Gulchehra, Gulrang, Gulbadan) bolib,ularga ham ozining shu hususiyatlarini singdirishga harakat qilgan. Bobur davlatni boshqarishda ham ana shu tarzda maslahat, kengash bilan ish tutish lozimligini uqtirdi. Farzandlaridan Xumoyun, Kamron va Gulbadanbegim shoir va adib bolib yetishdilar. Bobur uchun Vatandan uzoqda, gurbatda yashash nihoyatda ogir edi. Buning ustiga uzoq vaqt sarson-sargardonlikni boshidan kechirish, dushmanlariga qarshi uzluksiz kurash olib borish uning sogligiga ta'sir qilgan edi. "Boburnomada ozining ogir ahvoli, sogligi yomonlashib borayotganligi haqida quyidagi ruboiyni yozadi.

 

Jismimga isitma kuda mahkam boladur.

Kozdin ochadur uyqu chu axshom boladur.

Har ikkalasmiganmi bila satrimdek,

Borgon sayin bu ortadur,ulkum boladur.

 

Bobur Hindistonda besh yil hukm surgandan song 1530 yilda Agrada ozi obod qilgan "Zarafshon chorbogida vafot etadi. Keyinroq boburiylardan Shohjahon (Boburning chevarasi) hukmronligi davrida uning xoki Qobulda yasalgan maqbaraga kochirildi.

Bobur Mirzo ozi podsho bolgani uchun hech kimga tobe emas edi, ijod jarayonida ozini butunlay mustaqil his qilar va erkin qalam tebratardi. Osha davrning kopginasaroy shoirlarida bolmagan ijod erkinligi Bobur Mirzoda bor edi.

Ingliz sharqshunosi Denison Rose Turkiston, Afgonistonda yozilgan she'rlarini Parij milliy kutubxonasidan, Hindistonda yozilgan she'rlarini esa Rampur kutubxonasidan topib, 1910 yilda bosma va fotonusxa holida nashr ettirgan.

Bobur she'rlari hijron azobida kuygan dil kozlaridan oqqan yosh bilan yozilgan.

Ularda ona yurt soginchida ado bolgan farzandning, yor firoqida azob chekkan oshiqning, oz xatolarini anglab yetgan komil insonning, bobolari toj-davlatini saqlab qololmagan hoqonning alamlari ifodalangan.

 

Hijron qafasida jon qushi dom qiladur,

Gurbat bu aziz umrni kam qiladur.

Ne nav bitay firoqu gurbat sharhin,

Koz yoshi namaning yuzin nam qiladur.

 

Bobur oz asarlari bilan ozbek adabiyotini va tilini rivojiga, yuksalishiga, soddalashtirishga va jonli sozlashuv tiliga yaqinlashtirishga munosib hissa qoshdi.

Ozbek tili tarixini organishda "Boburnoma bebaho xazinadir. "Boburnoma XV - XVI - asrning muhim voqyealarini badiiy aks ettirgan prozaning qimmatli namunasidir.

"Boburnoma qomusiy xarakterdagi asarlardan bolib, unda ilm-fan, urf-odat, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy etnografik bilimlar mohirlik bilan ifodalangan.

"Boburnoma jahon adabiyotining nodir, durdona asarlaridanhisoblanadi.

dle