2014 yil 24-fevral kuniOzbek paralimpiyachisi Osiyo rekordini yangiladi.

Dubayda paralimpiyachilar ortasida yengil atletika boyicha Gran-pri turnirida Faxriddin Hamroyev 1500metrni 4daqiqayu 03,94soniyada yugurib otdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida paralimpiyachilar ortasida bolib otgan yengil atletika boyicha Gran-pri turnirida Faxriddin Hamroyev Osiyoning yangi rekordini ornatdi.OzAxabar berishicha, musobaqaning erkaklar ortasidagi 1500metr masofaga yugurish bahsida paralimpiyachi Faxriddin Hamroyev 4daqiqayu 03,94soniyada yugurdi. Natijada, Hamroyev Osiyoning yangi rekordini ornatdi.

Yanabir sportchi Ubaydulla Imomqulov 800metr masofaga 2daqiqayu 07,20soniyada yugurib, oltin medalga sazovor boldi.Uzunlikka sakrash bahsida jahon chempionati sovrindori Doniyor Soliyev 6,56metrga sakrab, kumush medalni qolga kiritgan bolsa, Miran Saxatov 5,49metr natija bilan tortinchi orinni egalladi. Ozbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasidan olingan malumotlarga kora,Dubayda dunyoning qirqqa yaqin davlati vakillari ishtirok etayotgan turnirda Ozbekiston sharafini sakkiz nafar paralimpiyachi himoya qildi.

dle