YUNESKO tashkiloti tomonidan  21 fevral "Xalqaro ona tili kuni deb elon qilingan. Mazkur sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda  keng nishonlanib kelinmoqda.

 Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning oz milliy tafakkuri, ma'naviyati, ruhiyatining ozagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi oz aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning oz Vatani va oz tiliga bolgan muhabbati, unga bolgan ehtiromi, qadrlash tuygulari yangilanadi.

XALQARO TILLAR turli davlatlar xalqlarining aloqa vositasi bolib xizmat qiladigan tillar. Tabiiy tillarga va suniy tillarga bolinadi. Tabiiy Xalqaro tilning xalqarolik vazifasi aniq bolsa-da, milliy yoki qabilaviy tillardan foydalanishga nisbatan ikkinchi darajali hisoblanadi. Suniy Xalqaro tilning xalqarolik vazifasi birlamchi hisoblansa-da, ular har doim ham royobga chiqmagan, chunki bunday tillarning hammasi ham millatlararo aloqa-aralashuv amaliyotida qollanavermagan.Tabiiy Xalqoro til  qadimda va orta asrlarda mintaqaviy xarakterga ega bolgan (ularning qollanishi muayyan mintaqa, hudud bilan chegaralangan). Chunonchi, Qadimiy Sharq xalqlarida aloqa vositasi sifatida xitoy tili (ieroglifik shaklda), Garbiy Osiyoning qadimiy  davlatlarida  turli davrlarda shumer,akkad va oromiy tillari qollangan.Yunon tili ellinistik dunyoning, lotin tili esa turli tillarda sozlashuvchi Rim imperiyasining umumiy tili bolgan. Orta asrlarga kelib Yaqin Sharq hududida arab va fors tillari, slavyan mamlakatlarida esa qadimiy slavyan tili  Xalqoro til vazifasida qollana boshlagan. Yangi davrda, malum obektiv sabablar tufayli avvaldan saqlanib qolgan mintaqaviy Xalqoro til guruhi bilan bir qatorda dunyo miqyosida qollanuvchi Xalqaro til (jahon tillari) ham paydo boldi. U yoki bu tilning Xalqaro til darajasiga kotarilishi estralingvistik (siyosiy, iqtisodiy va madaniy) va lingvistik (til funksional tizimlarining rivojlanganligi, sohaviy  terminologiyalarning mavjudligi va boshqa) omillar yigindisi bilan belgilanadi. Jahon tillari soni tobora ortib bormoqda. 18-asrdan song (fransuz tili umumiy til bolgan asr deb ham nomlanadi) asta-sekin ingliz va nemis tillari, 20-asrdan esa rus va boshqa bir qancha tillar jahon miqyosida qollana boshladi. Xalqaro tilning xalqaroligi ularning xalqaro tashkilotlar yoki konferensiyalarning (BMT, YuNESKO) rasmiy yoki ishchi tili sifatida tan olinishi tufayli ushbu maqomda yuridik jihatdan mustahkamlanishi bilan belgilanadi (masalan, ingliz, arab, ispan, xitoy, rus, fransuz tillari BMTning rasmiy va ishchi tiilari hisoblanadi).

Xalqaro tilni kop millatli davlat ichida qollanuvchi, millatlararo aloqa vositasi hisoblanuvchi tillardan farqlash kerak. Bazi tillar ham xalqaro, ham millatlararo til sifatida qollanishi mumkin (masalan, rus va xitoy tillari). Suniy Xalqaro til deganda aloqa-aralashuv uchun maxsus shakllantirilgan yasama kommunikativ tizimlar tushuniladi.Lotin tilining xalqarolik vazifasi susayishi munosabati bilan 17-asrdan boshlab suniy tillarning koplab loyihalari paydo bola boshladi. 1629 yilda fransuz faylasufi R.Dekart lingvoloyihalash nazariyasiga asos soldi. 1719-asrlarda suniy tillarni yaratuvchilar kopincha tabiiy tillarni nomukammal tillar sifatila tanqid qilib, suniy tillarni tabiiy tillarga almashtirilishi zarur bolgan universal tillar deb baholaganlar. 18-asr ortalarida xalqaro aloqaniing maxsuslashgan vositasi hisoblangan va tabiiy tillar bilan yonma-yon mavjud bolgan suniy tilning yordamchilik, vositachilik xususiyati haqida tasavvur shakllandi. 1879 yilda yaratilgan volapyuk ham ogzaki, ham badiiy ijod sohasidagi aloqa doirasida qollangan dastlabki suniy tildir. 188489 yillarda volapyuk tarafdorlarining 3 ta xalqaro konferensiyasi otkazilgan,unda dunyoning turli mamlakatlarida bir necha onlab gazeta va jurnallar nashr etilgan bolsa-da, bu harakatlar uzoq davom etmadi. Faqat esperantogina(1887 yilda yaratilgan) keng ommalashib, unda kop kishilar sozlashadigan boldi. Shunday bolsa-da, esperanto har doim tor doiralagi yordamchi, ikkilamchi til syfatida qollangan. Suniy tillardan ido (1907), oksidental (1921 22) va interlingva (1951) ham u qadar muvaffaqiyat qozonmay, tor kommunikativ doirada qollanib kelmoqda. Lekin mazkur suniy Xalqaro tilning barchasi garbiy tillar materiallari negizida shakllangan bolib, sharq tillari uchun begona hisoblanadi. Manba 

dle