Xalq ta'limi vazirining 2016 yil 23 martdagi 76-sonli buyrugiga asosan "Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt 2016 korik-tanlovi boshlandi. Korik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2016 yilning 23 martdan 12 apreliga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi va royxatga olinadi. Korik-tanlov quyidagi 3 ta nominatsiya boyicha otkaziladi: 1-nominatsiya "Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti"; umumiy orta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va osmirlar sport maktablarining veb-saytlari ortasida; 2-nominatsiya "Eng yaxshi oqituvchi veb-sayti"; umumiy orta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va osmirlar sport maktablari oqituvchilarining veb-saytlari ortasida; 3-nominatsiya "alq ta'limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti"; Xalq ta'limi tizimidagi boshqaruv organlari (viloyat xalq ta'limi boshqarmalari, tuman(shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bolimlari) va ular tassarufidagi tashkilotlar (Barkamol avlod markazlari, Axborot resurs markazlari), pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari, davlat pedagogika institutlari va respublika tashkilotlarining veb-saytlari ortasida. Xohish bildirgan muassasa va tashkilotlar korik-tanlovning hamkorlari bolishlari va qoshimcha nominatsiyalar ta'sis etishlari mumkin. Tanlovni tashkil etishga doir qoshimcha ma'lumotlar uchun Tashkiliy qomitaga (0-371) 239-88-52, 239-47-07 va Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markaziga (0-371) 202-13-93 ichki raqamlar: 600, 101) murojaat etishingiz mumkin. dle