Xorazm viloyat xalq ta`limi boshqarmasi tasarrufidagi ta`lim muassasalarida 2019 yil 30 yanvar Mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning 81 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan xotira tadbirlari haqida

MA`LUMOT

 

Mamlakatimiz mustaqilligining asoschisi, xalqning tinch-farovon hayot kechirishi uchun beminnat xizmat qilgan mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan viloyatning tuman, shaharlaridagi 522 ta ta`lim muassasalarida xotira tadbirlari va ochiq darslar tashkil etildi.

Xotira tadbirlariga 1-11 sinf o`quvchilari, jami 338446 nafar o`quvchi jalb qilingan bo`lib, ularga 12230 nafar o`qituvchi mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov hayot yo`li haqida dars mashg`ulotlari olib bordilar.

Ochiq darslarda Islom Abdug`anievich Karimovning hayot yo`li, xalqimizga qoldirgan mag’naviy meroslari, dunyo tomonidan kuchli siyosatchi, kelajakni oldindan ko`ra oladigan davlat arbobi ekanligi to`g`risidagi videoroliklar, slaydlar qo`yildi. SHu bilan birga davlat rahbari sifatidagi faoliyati davomida jahonga mashhur universitetlar tomonidan fan doktori, xalqaro tashkilotlar tomonidan orden, medallar bilan taqdirlangani to`g`risidagi mag’lumotlar aytildi. Islom Abdug`anievich Karimov xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan tadbir va ochiq darslar o`quvchilarda Vatanparvarlik, xalq manfaati yo`lida xizmat qilish, o`z hayot yo`lingda doimo intilib qiyinchiliklarni yengib o`tish kerakligi, kelajak – biz yoshlarni qo`lida ekanligi to`g`risida taassurotlar uyg`ondi va ularning asosiy maqsadi yaxshi o`qib, jamiyatimizga foydasi teguvchi komil inson bo`lib yetishish ekanligi yana bir bor uqtirildi.

O`quvchilarga Xalq ta`limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan taqdimot va videoroliklar namoyish etildi.

Ta`lim muassasalarining kirish qismida, ma`naviyat va ma`rifat xonasida, kutubxona va Yoshlar yetakchilari xonalarida mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov xotirasiga bag`ishlab burchaklar tashkil etildi. Burchakdan mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning asarlari, faoliyati haqida ma`lumotlar, fotojarayonlar joy egalladi. O`quvchilar bilan bir qatorda ota-onalar ham mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov hayot yo`li va faoliyati haqida ma`lumotga ega bo`ldilar.

 
 
 
 
скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы