Janubiy Аfrika davlatining Durban shahrida Bekzod Maqsudov

 

   2019 yil 5 avgust kuni yurtimizda xushxabar tarqaldi. Urganch shahridagi 6-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat (direktor Xamidjon Jumaniyazov) oʼquvchisi Maqsudov Bekzod Аlisher oʼgʼli 2019 yil 1 avgustdan 6 avgustgacha boʼlib oʼtgan matematika fanidan Xalqaro olimpiadada yakka tartibda va jamoa hisobida bronza medallarga sazovor boʼldi. Bu yutuq Xorazm viloyati taʼlimi tizimida maktab oʼquvchilari erishgan ilk yuqori natijadir.

   Maqsudov Bekzodning otasi Аzizjonov Аlisher Maqsudovich "Bekzodbek Ideal Optimal” xususiy korxonasi rahbari, onasi Vapaeva Ozoda Yusupjonovna Urganch tumanidagi 44-sonli maktabda oʼqituvchi boʼlib ishlaydilar. Urganch tumani "Gʼalaba” qishlogʼida yashaydilar.

    Xalqaro olimpiada Janubiy Аfrika davlatining Durban shahrida boʼlib oʼtdi. Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 32 ta davlatidan 500 nafar iqtidorli, saralash bosqichlarida gʼolib boʼlgan oʼquvchilar qatnashdilar. Respublikamiz nomidan 8 nafar oʼquvchi qatnashdi. Ushbu oʼquvchilar minglagan talabgorlar orasidan qayta-qayta sinab koʼrilib, tanlab olinganlar. Ularning orasida Xorazmlik Maqsudov Bekzod oʼzining yutugʼi bilan Oʼzbekiston jamoasi erishgan muvaffaqiyatiga salmoqli hissa qoʼshdi.
 
 Oʼzbekiston Jamoasi Janubiy Аfrika davlatida

   Maqsudov Bekzodning ustozi Mavlonov Farhod Shonazarovich maktab-internatda 2001 yildan buyon matematika oʼqituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda.

Bekzod Maqsudovni Xalqaro olimpiadaga tayyorlash jarayonida UrDU doktoranti Nurbek Hoʼjatovning hizmatlari katta boʼldi. Uning Bekzodning ustozi Farhod Mavlonov bilan birgalikda qilgan harakatlari, amaliy yordamlari oʼz natijasini berdi.

  Maktab-internat direktori Hamidjon Jumaniyazov 1999 yildan buyon ushbu taʼlim muassasasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Uning shogirdlari bugungi kunda davlat organlari, xuquq-tartibot idoralarida, chet ellarda yuqori lavozimlarda ishlab kelmoqdalar.
 

Oʼzbekiston Jamoasi Janubiy Аfrika davlatida medallar shodasi bilan

Biz barcha xalq taʼlimi tizimi xodimlari, keng jamoatchilik nomidan maktab-internat jamoasini tabriklaymiz, yutuqlar bardavom boʼlishini tilaymiz.
скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы