JISMONIY TARBIYANING HAYOTIMIZDAGI O'RNI

Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bilan qoʻshib olib boriladi.

Ibtidoiy davrdan boshlab Jismoniy tatbiyaga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʻlgan, turli marosimlarni aks ettirgan.

Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uygʻonish davrida Jismoniy tarbiyaga eʼtibor yanada kuchaydi. Jismoniy tarbiyaga oʻrta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatidaqarala boshlandi. J. J. Russo "Emil, yoki Tarbiya toʻgʻrisida" deb atalgan pedagogik risolasida Jismoniy tarbiyaning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini taʼkidlagan. 18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada paydo boʻlgan "insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — jismoniy tarbiyaning shakl va uslublarini takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam oʻrin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda jismoniy tarbiyaning milliy tizimlari tarkib topdi.

Oʻzbekistonda jismoniy tsrbiya juda qadimdan salomatlikni mustahkamlashning asosiy vositasi deb qaralgan. Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida 100 dan ziyod xalq oʻyinlari toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. "Alpomish" oʻzbek xalq qahramonlik dostoni, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin", Zayniddin Vosifiyning "Badoye ul-vaqoye" ("Nodir voqealar"), Boburning "Boburnoma" asari va boshqa asarlarda jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik bahs-munozaralarining xilma-xil namunalaridan hikoya qilinadi.

Oʻzbekistonda mustaqillik yillariga kelib jismoniy tarbiya va sport davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. 1992-yilda (2000-yilda esa yangi tahrirda) "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi qonunning qabul qilinishi, 1993-yilda Sogʻlom avlod davlat dasturining ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasining sportning alohida turlarini rivojlantirishga oid va nihoyat 1999-yilda "Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslarini yaratdi.

Jismoniytarbiyaningkengtarmoqlitizimi:oilaviy-maktabgacha davr (chaqaloqlikdan boshlab bogʻcha yoshidagi), maktab yoshi , oʻrtamaxsus vaoliy taʼlim davri hamda katta yoshdagi (erkak va ayol)lar jismoniy tarbiyasini oʻzichiga oladi. Oʻzbekistonda umumtaʼlim maktablaridagi jismoniy tarbiya pedagogik jarayon hisoblanib, jismoniy tarbiya darslari, sport seksiyalaridagi mashgʻulotlar orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, maktaboʻquvchilari uchun "Umidnihollari", litsey-kollej oʻquvchilariuchun "Barkamolavlod", oliy oʻquvyurti talabalari uchun "Universiada" ommaviy musobaqalarini har 2yilda oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Xalq oʻyinlari va ommaviy sport turlari boʻyicha qar 2 yilda "Alpomish oʻyinlari" festivali hamda "Toʻmaris oʻyinlari" oʻtkazib kelinadi.

Jismoniy tarbiyaning ilmiy-amaliy asoslari va shu soha mutaxassislari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, oliy oʻquv yurtlarining faqultetlari hamda boʻlimlarida tayyorlanadi. Respublikamizda olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurti, oliy sport mahorati maktabi va bolalar-oʻsmirlar maktabida ham oʻquvchilarga jismoniy tarbiyadan saboq beriladi. "Yoshlik" koʻngilli sport tashkiloti, "Vatanparvar" mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkiloti, "Dinamo" sport klubi kabi sport jamiyatlari aholining turli qatlamlarini jismoniy mashgʻulotlariga jalb etishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan sportni rivojlantirish va o'quvchilarni sportga qiziqtirish bo'yicha o'quvchi-yoshlar o'rtasida bir qator tadbirlar o'tkazildi.Jumladan yakunlangan o'quv yilining oktabr oyida Urganch shahar maktablararo "Futbolning kelajagi sening qo'lingda" shiori ostida 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan mini futbol musobaqasida bizning Urganch shahar 16-son umumta'lim maktabi o'quvchilar futbol jamoasi faxrli o'rinni egallab Diplom bilan taqdirlandilar.Maktabimiz jismoniy tarbiya fani uslubiy birlashmasi tomonidan yurt farzandlarini yanada sog'lom va barkamol bo'lishlari borasida o'quvchi-yoshlarimiz o'rtasida yangi 2020-2021 o'quv yilidan bir qator sport tadbirlari va musobaqalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

 

 

 

Urganch shahar 16-son umumta'lim maktabi

jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi

Jabborov Maqsudbek Sheripovich


 

 


скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы