Xalq ta'limi vazirining 2015 yil 5 martdagi 60-sonli buyrugiga asosan "Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar 2015 korik-tanlovi boshlandi.


Korik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2015 yilning 1 aprelidan 10 apreliga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi va royxatga olinadi. Talabnomalarni saytga kiritish uchun xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan otishi lozim.


Korik-tanlov quyidagi 4 ta nominatsiya boyicha otkaziladi:


1-nominatsiya eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti;


umumiy orta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va osmirlar sport maktablarining veb-saytlari ortasida;


2-nominatsiya eng yaxshi oqituvchi veb-sayti;


umumiy orta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va osmirlar sport maktablari oqituvchilarining veb-saytlari ortasida;


3-nominatsiya eng yaxshi oquvchi veb-sayti;


umumiy orta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va osmirlar sport maktablari oquvchilarining veb-saytlari ortasida;


4-nominatsiya xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti;


Xalq ta'limi tizimidagi boshqaruv organlari (viloyat xalq ta'limi boshqarmalari, tuman(shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bolimlari) va ular tassarufidagi tashkilotlar (Barkamol avlod markazlari, Axborot resurs markazlari), pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari, davlat pedagogika institutlari va respublika tashkilotlarining veb-saytlari ortasida.


Xohish bildirgan muassasa va tashkilotlar korik-tanlovning hamkorlari bolishlari va qoshimcha nominatsiyalar ta'sis etishlari mumkin. Tanlovni tashkil etishga doir qoshimcha ma'lumotlar uchun Tashkiliy qomitaga (0-371) 239-88-52, 239-47-07 va Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markaziga (0-371) 202-13-93 ichki raqamlar: 602, 606, 201) murojaat etishingiz mumkin.

dle